ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Komplaens xizmati boshlig‘i

 Komplaens xizmati boshlig‘i 06.10.2025
Komplaens xizmati boshlig‘i

“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyati Komplaens xizmati boshlig‘i lavozimi uchun ochiq tanlov tashkil etilishi munosabati bilan quyidagi talablar bo‘yicha nomzodlarning tanlovda ishtirok etishi ma’lum qilinadi.

 

Talablar:

Shtat jadvali - to‘liq

Mazkur sohda eng kamida 5-yil ish tajribasi

Ta'lim darajasi: Oliy

Ma’lumoti: Iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya yoʻnalishlari boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlishi. 

(magistratura, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.)

(Xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi).
 

Mutaxassisligi: Iqtisodiy va yurisprudensiya sohada kamida 10 (o‘n) yillik ish stajiga ega bo‘lishi, shundan respublika darajasidagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati, yurisprudensiya hamda narmativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash yo‘nalishlarida kamida 5 (besh) yil ishlagan boʻlishi.
 

Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”, Oʻzbekiston Respublikasi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” qonunlaridan xabardor boʻlishi.
 

Mehnat staji: Soha bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi va mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim shunda 3 yillik raxbarlik.

Til bilish darajasi: Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi).
 

Lavozimiy majburiyatlari:

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.

Qo‘shimcha talablar: Jamoa bilan ishlash, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, tizim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini takomillashtirishi, xushmuomala boʻlishi.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim faoliyatiga doir masalalarning tezkor yigʻilishlarda muhokama qilinishida hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish.

Qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish va oʻz vakolat doirasidan chetga chiqmaslik.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish.

Davlat, tijorat va xizmat sirlarini oshkor etmaslik.

Vazifa va funksiyalari bajarilishida korrupsiya holatlariga qarshi kurashishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishi, shuningdek, ish jarayonida foydalaniladigan “EDO.IJRO.UZ”, “E-ANTICOR.UZ”, Davlat xaridlari bilan ishlash dasturiy taʼminotini mukammal bilishi.
Tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini taʼminlash.
Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.


Ish sharoitlari

Dushanba-Juma 9:00 - 18:00

Shanba  9:00 - 15:00

Murojaat uchun telefon raqami: +998935906262

Geolog (rudalar bilan ishlash)
Geolog
12.09.2025
Geolog (rudalar bilan ishlash)
Ishlab chiqarish-texnika bo‘limi muhandisi
Muhandis
12.09.2025
Ishlab chiqarish-texnika bo‘limi muhandisi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar