ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Ta’mirlovchi chilangar

 Ta’mirlovchi chilangar 11.11.2025
Ta’mirlovchi chilangar

Kompaniya: "O‘zbekiston texnologik metallar kombinati" AJ (TMK)
Joylashuv: Chirchiq shahri, O‘zbekiston Respublikasi

 

Majburiyatlar:

  • Sanoat uskunalarini (nasoslar, reduktorlar, kompressorlar, presslar, dastgohlar va boshqalarni) ta’mirlash va profilaktika ishlarini amalga oshirish;
  • Mexanik, gidravlik va pnevmatik tizimlarning nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish;
  • Uzel va agregatlarni qismlarga ajratish, nuqsonlarini aniqlash va yig‘ish;
  • Ta’mirlash jarayonida chilangarlik, payvandlash va sozlash ishlarini bajarish;
  • Rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash (ROT) ishlarini o‘tkazish va avariya-tiklash ishlarida ishtirok etish;
  • Texnik me’yorlar, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarga qat’iy rioya qilish;
  • Bajarilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha hisobot hujjatlarini yuritish.

 

Talablar:

  • O‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi (mexanika, mashinasozlik, uskunalarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha);
  • Mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • Sanoat uskunalarining tuzilishi va ularga xizmat ko‘rsatish tamoyillarini puxta bilish;
  • Chizmalar, sxemalar va texnik hujjatlarni o‘qiy olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Qo‘l va elektr asboblari, o‘lchov qurilmalaridan foydalana olish;
  • Mas’uliyatli, tartibli va jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

 

Ish shartlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilinish;
  • 2/2 smenali ish jadvali,
  • Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyatlari mavjudligi;
  • Kompaniya hisobidan tushlik bilan ta’minlanish

    📞 +998931827163
    Telegram: @Uz_TMK
Transformatsion ofis bosh mutaxassisi
Bosh mutaxassis
12.11.2025
Transformatsion ofis bosh mutaxassisi
Elektrmontyor(elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha)
Elektrmontyor
11.11.2025
Elektrmontyor(elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha)

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar