Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.
Investitsion imkoniyatlar
Bizning kompaniya resursni kapitalga, kapitalni innovatsiyaga, innovatsiyani esa global o‘sishga aylantiruvchi tizim yaratmoqda.
Biz investorlarga quyidagi afzalliklarni taklif etamiz:
Davlat kafolatlariga ega barqaror hamkorlik.
TMK - O‘zbekiston Prezidentining bevosita tashabbusi bilan tashkil etilgan milliy kompaniya bo‘lib, barcha loyihalar hukumatning qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshiriladi.
To‘liq integratsiyalashgan qiymat zanjiri.
“Mine-Metal-Market” modeli orqali TMK geologiya-qidiruvdan tortib tayyor mahsulot va eksportgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yagona tizimda birlashtiradi, bu esa investorlar uchun barqaror va nazorat qilinadigan qiymat yaratish muhitini ta’minlaydi.
Kon
Metall
Bozor
Raqobatbardosh tannarx va ekologik ustunlik.
Energiya resurslariga boy, mehnat bozori raqobatbardosh va logistika jihatdan qulay O‘zbekiston - “Green Mining” tamoyillariga asoslangan, ekologik xavfsiz ishlab chiqarish uchun eng maqbul hududdir.
Innovatsion va ilmiy platformalarga kirish.
TMK dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va kompaniyalari bilan hamkorlikda Future Metals Technopark, R&D Park, Texnologik Metallar Oliy Maktabini shakllantirmoqda. Investorlar bu orqali ilm, ishlab chiqarish va texnologiyani birlashtirgan yangi ekotizimga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Global ta’minot zanjirlariga integratsiya.
TMK bugun 40 dan ortiq mamlakat bilan hamkorlikda ishlamoqda, bu esa O‘zbekistonni kritik resurslar bo‘yicha xalqaro bozorning ishonchli halqasiga aylantiradi. Har bir investor shu zanjir orqali strategik bozorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi
Hujjatlar
Taqdimot: O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini kashf eting
O‘zbekistonning kritik xomashyo resurslari, geologik imkoniyatlari, investitsion muhit, TMKning CRM bo‘yicha global o'rni hamda “Mine–Metal–Market” vertikal integratsiya modeli haqida.
29.11.2025
Broshyura: Global ta’minot zanjiri uchun muhim xomashyo resurslari
TMKning kritik minerallarni qidirish, qayta ishlash va sanoatlashtirish bo‘yicha to‘liq qiymat zanjiri, mavjud loyihalar, geologik salohiyat hamda investitsion imkoniyatlar haqida
29.11.2025
TMKning innovatsion katalogi
TMK ishlab chiqarayotgan volfram, molibden, reniy kabi yuqori tozalikdagi metall mahsulotlar, ularning texnik xususiyatlari, eksport yo‘nalishlari hamda midstream xizmatlari haqida
29.11.2025
Kelajak metallari texnoparki
Kelajak metallari texnoparklarining ishlab chiqarish yo‘nalishlari, infratuzilmasi, rezidentlarga beriladigan qulayliklar va investitsiya imtiyozlari haqida
29.11.2025
"Smart Powder" loyihasi
Kukun metallurgiyasi asosida ishlab chiqariladigan yuqori aniqlikdagi sanoat detallarini, ishlab chiqarish texnologiyalari va ishlab chiqarish salohiyati haqida