Kelajak Metallari texnoparki - bu O‘zbekistonda joylashgan zamonaviy innovatsion sanoat zonasi bo‘lib, kritik va nodir metallarni chuqur qayta ishlash uchun tashkil etilgan. Loyiha ilm-fan, ishlab chiqarish va investitsiyani birlashtirib, To‘rtinchi sanoat inqilobi talablariga javob beruvchi o‘ziga xos ekotizimni yaratadi.
Rahbariyat
Hikmatov Ramziddin Ravshanjonovich
Kelajak metallari texnoparki direktori
“Bugungi global iqtisodiyotda xomashyo eksporti o‘zini oqlamaydi. Raqobatda ustunlikni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar beradi. “Kelajak metallari texnoparki” aynan shu tamoyilga asoslanib, xomashyo qazib olishdan tortib, chuqur qayta ishlash, innovatsion texnologiyalar va ilmiy-tadqiqot ishlari orqali tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan uzluksiz zanjirni yaratadi. Natijada, O‘zbekiston endi oddiy xomashyo eksportchisi emas, balki yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqaruvchi davlat sifatida maydonga chiqadi”.
Texnopark quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratadi:
O‘zbekistonning boy mineral resurslaridan samarali foydalanish;
yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish;
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish;
18 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish;
xalqaro investorlar va strategik hamkorlarni jalb etish.
Kelajak metallari texnoparki hududlari:
Rezidentlar uchun imkoniyatlar :
Kafolatlangan xomashyo manbalari: “O‘zTMK” AJ tomonidan volfram, molibden va boshqa metallar bilan uzluksiz ta’minot kafolatlanadi.
Tayyor ishlab chiqarish infratuzilmasi: gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, avtomobil va temiryo‘l tarmoqlariga chiqish nuqtalari, bojxona terminali to‘liq mavjud.
Yuqori darajadagi xavfsizlik tizimi: sanoat, mehnat va ekologik xavfsizlikning xalqaro standartlari joriy etilgan.
“One-Stop-Shop” tamoyili: barcha zarur xizmatlar — bir joyda, bir markaz orqali ko‘rsatiladi.
Muhandislik va ilmiy-tadqiqot markazi (R&D Center): texnologik jarayonlarni takomillashtirish va innovatsiyalarni joriy etish uchun ilmiy baza.
Har bir rezident uchun shaxsiy menejer: muammosiz ish yuritish, tezkor aloqa va individual yondashuvni ta’minlaydi.
Xalqaro huquqiy himoya: investorlar manfaatlarini kafolatlash uchun ingliz huquq tizimi (English Common Law) asosida yuridik mexanizmlar qo‘llaniladi.
Xorijiy kapital va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish imkoniyati: global investorlar bilan hamkorlik qilish, ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.