Hamkorlar uchun murojaat
Bugungi kunda jahon “yashil iqtisodiyot”, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va yuqori texnologiyali sanoat rivojlanishi bosqichiga kirib bormoqda. Bu jarayonda kritik metallarga boʻlgan talab yil sayin ortib bormoqda. “Oʻzbekiston TMK” AJ mazkur global tendensiyalarni chuqur anglagan holda, xalqaro hamkorlar bilan birgalikda zamonaviy va barqaror sanoat ekotizimini shakllantirishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri sifatida koʻradi.
Kompaniya xalqaro investorlar, texnologiya egalari, injiniring kompaniyalari va sanoat korporatsiyalarini Oʻzbekistonning ulkan mineral resurs salohiyatini birgalikda rivojlantirishga chorlaydi. Biz nafaqat mineral resurslarni oʻzlashtirish, balki ularni chuqur qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish va global taʼminot zanjirlarida mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilganmiz.
“Oʻzbekiston TMK” AJ uchun xalqaro hamkorlik — bu faqat investitsiya emas, balki tajriba almashish, innovatsiyalarni joriy qilish va uzoq muddatli strategik sheriklikni anglatadi. Biz global bozor ishtirokchilari bilan oʻzaro ishonch, ochiqlik va manfaatli hamkorlik asosida yangi imkoniyatlarni yaratishga tayyormiz.
“Oʻzbekiston TMK” AJ xorijiy investorlar, sanoat kompaniyalari, texnologiya yetkazib beruvchilar, moliyaviy institutlar va strategik sheriklarni oʻzaro manfaatli hamkorlikka taklif etadi. Kompaniya tomonidan shakllantirilgan istiqbolli loyihalar xalqaro hamkorlar uchun yuqori iqtisodiy samaradorlik va uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Biz hamkorlarimizga ochiq muloqot, shaffof ish jarayonlari va individual yondashuvni taklif qilamiz. Har bir loyiha boʻyicha texnik, iqtisodiy va investitsion tahlillar asosida samarali hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqiladi. Shuningdek, qoʻshma korxonalar tashkil etish, geologiya-qidiruv ishlarini birgalikda amalga oshirish, texnologik kooperatsiya va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish boʻyicha keng imkoniyatlar mavjud.
Bugungi kunda kritik metallar bozorida yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlar sharoitida “Oʻzbekiston TMK” AJ ishonchli, barqaror va istiqbolli sherik sifatida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor.