ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Taskazgan grafit loyihasi

Taskazgan grafit loyihasi
Taskazgan grafit loyihasi: O‘zbekistonning global energetik transformatsiyadagi yangi roli

Global iqtisodiyot jadal sur’atlarda yashil transformatsiya bosqichiga o‘tmoqda. Ushbu jarayonda grafit strategik xomashyo sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda “yashil iqtisodiyot”ning asosiy materiallaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Grafit nafaqat batareya sanoatida, balki quyidagi yuqori texnologik sohalarda ham keng qo‘llaniladi:

  • yashil energetika texnologiyalari
  • elektronika va nanotexnologiyalar
  • aerokosmik sanoat
  • kimyo va farmatsevtika
  • metallurgiya
  • yuqori haroratli sanoat texnologiyalari

Bu qanday loyiha?

O‘zbekistonda kritik minerallar sektorini rivojlantirish doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tog‘-kon sanoatida “kon-metall-bozor” integratsiyalashgan modeli ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.

Mazkur yondashuvning amaliy natijasi sifatida TMK tarkibidagi Graphtech Mining and Production qo‘shma korxonasi tomonidan mamlakatdagi ilk yirik sanoat grafit loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Loyihaning strategik yo’nalishlari qanday?

  • konni xalqaro tog‘-kon standartlari asosida o‘zlashtirish;
  • grafit rudalarini chuqur qayta ishlash;
  • eksportga yo‘naltirilgan, yuqori sifatli grafit konsentrati ishlab chiqarish.

Geologiya-qidiruv va resurslarni baholash ishlari

Taskazgan konida geologiya-qidiruv ishlari kompleks yondashuv asosida olib borilmoqda. An’anaviy burg‘ilash ishlari bilan bir qatorda:

  • dron asosidagi magnit so‘rovlar;
  • IP rezistivlik tadqiqotlari;
  • geotexnik baholash ishlari

amalga oshirildi.

 

Olingan barcha ma’lumotlar yagona kompleks geologik model doirasida tahlil qilinmoqda. Qidiruv va resurs baholash ishlari to‘liq JORC xalqaro standarti talablariga muvofiq ravishda olib borilmoqda, bu esa loyihaning shaffofligi va investitsion ishonchliligini ta’minlaydi.

 

Ishlab chiqarish quvvati

  • Yillik ishlab chiqarish hajmi: 140,000 tonna grafit konsentrati
  • Yillik qo‘shilgan qiymat: 126 mln AQSh dollarigacha

Chuqur qayta ishlash va qiymat zanjirini rivojlantirish

TMK strategiyasi faqat konsentrat ishlab chiqarish bilan cheklanmaydi. 2030-yilgacha O‘zbekistonda grafit asosidagi to‘liq qiymat zanjirini shakllantirish rejalashtirilgan.

 

Rejalashtirilayotgan mahsulotlar:

  • grafitli olovbardosh materiallar
  • grafit moylari va smazkalar
  • grafitli himoya qoplamalari
  • sferik grafit

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar