ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Chemicals

TMK Chemicals
TMK Chemicals – O‘zbekistonda sanoat miqyosida sulfat kislota ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy zavod qurmoqda. Zavod tog‘-kon, metallurgiya va kimyo sanoati tarmoqlari uchun uzluksiz, ishonchli xomashyo ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bugungi globallashgan iqtisodiyotda sulfat kislota dunyoda talab yuqori bo’lgan va eng ko‘p ishlab chiqariladigan sanoat kimyoviy moddalaridan biri. Uning jahon bozoridagi o‘rni sababli, ko‘plab davlatlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarini hatto sulfat kislota ishlab chiqarish hajmi orqali baholaydi. 

Zavod Navoiy viloyatining Karmana tumanida qurilmoqda. Uning yillik quvvati 500 ming tonna. U yuqori texnologiyalar asosida jihozlanadi. Korxona yuqori tozalikdagi sanoat sulfat kislotasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

 

Ishlab chiqarish jarayoni:

  • to‘liq avtomatlashtirilgan;
  • issiqlik va gaz oqimlaridan maksimal darajada samarali foydalanilgan;
  • ESG talablari hamda energiya tejamkorlik standartlariga to‘liq mos holda tashkil etilgan.

Hozirda TMK Chemicals tomonidan 2,5 km temir yo‘l qurilmoqda.    

Ushbu yangi liniya tayyor mahsulotlarni butun Respublika bo‘ylab, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlariga barqaror va tezkor yetkazib berishni ta’minlaydi.

 

Yangi sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilishi bilan mahsulot qiymati:

2026-yilda 7,5 million dollarga, 

2027-yilda 27 million dollarga,

2028-yildan esa 30 million dollardan ortiq darajada oshishi kutilmoqda.

TMK Chemicals loyihasi orqali TMK O‘zbekistonda sulfat kislota ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy sanoat tayanchini barpo etib, tog‘-kon va metallurgiya sanoati uchun uzoq muddatli, barqaror va raqobatbardosh ishlab chiqarish zanjirini shakllantirmoqda.

 

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar