Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

MINEX FORUM 2025: O‘zTMK – global geotexnik platformalarda faol ishtirokchi

 MINEX FORUM 2025: O‘zTMK – global geotexnik platformalarda faol ishtirokchi 12.04.2025
MINEX FORUM 2025: O‘zTMK – global geotexnik platformalarda faol ishtirokchi

O‘zTMK delegatsiyasi MINEX Forumining 7-strategik sessiyasida faol ishtirok etdi.

 

Mazkur sessiya O‘zbekistonning Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan foydali qazilmalarni izlash, qidiruv ishlari hamda integratsiyalashgan sanoat klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha transchegaraviy hamkorliklar mavzusiga bag‘ishlandi.

 

Sessiyada O‘zTMK Boshqaruv raisining operatsion masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziyev xalqaro hamjamiyat vakillariga Kombinat faoliyati va istiqbolli loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdi.

 

 Forum doirasida O‘zTMK qator yirik kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan 3 ta muhim uchrashuvni amalga oshirdi:

 

Fransiyaning "Geocomp", Buyuk Britaniyaning "Viridien" hamda Qozog‘istonning "Veritas Caspian" kompaniyalari bilan geofizika va geotexnika yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish;

 

Qozog‘istonning "Sael" kompaniyasi bilan laboratoriya va tahlil jarayonlari bo‘yicha hamkorlik;

 

Buyuk Britaniyaning "SRK Consulting" kompaniyasi bilan mavjud hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Ushbu uchrashuvlar nafaqat ilmiy-texnik salohiyat almashinuvi, balki texnologik yangiliklarni mamlakatimiz sanoatiga olib kirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. 

TMK dual ta'lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasi bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi
jarayon
06.08.2026
TMK dual ta'lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasi bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi
TMK delegatsiyasi Xitoyda O‘zbekistonning sanoat salohiyatini namoyish etmoqda
Forum
05.08.2026
TMK delegatsiyasi Xitoyda O‘zbekistonning sanoat salohiyatini namoyish etmoqda
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida
Forum
04.08.2026
O‘zbekiston–Hindiston biznes forumi: TMK hamkorlik markazida

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring