ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Global maydonda yangi natija: O‘zbekiston 4 ta xalqaro uyushma tarkibida

 Global maydonda yangi natija: O‘zbekiston 4 ta xalqaro uyushma tarkibida 22.07.2025
Global maydonda yangi natija: O‘zbekiston 4 ta xalqaro uyushma tarkibida

Kamyob yer elementlari va strategik metallar dunyo texnologiyasining asosi va endi bu jarayonlar maydonida Markaziy Osiyo bo’yicha birinchilardan bo’lib O‘zbekiston mustahkam o’rin egallamoqda. Avvaliga mamlakatimiz Xalqaro volfram assotsiatsiyasi, Yevropa grafit va uglerod materiallari uyushmasi va Kamyob yer metallari sanoati assotsiatsiyasiga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilingan bo‘lsa, endilikda Xalqaro molibden assotsiatsiyasi (IMOA) tarkibidan ham joy oldi. 
Bugun dunyo yashil texnologiyalar inqilobini boshdan kechirmoqda. Aynan shuning uchun shamol turbinalari, quyosh panellari va elektromobillar kabi ekologik toza yechimlarda molibden muhim rol o’ynab, “yashil resurs” sifatida e’tirof etilmoqda.

O’zbekiston bu jarayonda qanday o’rin egallayapti?


Bugungi kunda O’zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) molibdenni chuqur qayta ishlash, sof mahsulot olish va xalqaro sifat talablariga javob berishda zamonaviy yechimlar taklif qilmoqda. Xususan, TMK molibdenni gidrometallurgik va pirometallurgik usullar asosida chuqur qayta ishlaydi, yuqori soflikda kimyoviy molibden oksidi, metall molibden, shuningdek, noyob metallar asosidagi qattiq qotishmalar va ularga mos sanoat uskunalarini ishlab chiqaradi.
Shu bois, kombinatning Xalqaro molibden assotsiatsiyasiga (IMOA) a’zo bo’lishi bu yo’nalishdagi ishlarni yanada kengaytiradi.


IMOAga a’zolik – ishonch, yuksalish va imkoniyatlar eshigi


-  TMK O'zbekistonda molibdenni chuqur qayta ishlash bilan shug‘ullanib, gidrometallurgik va pirometallurgik usullar asosida yuqori tozalikdagi kimyoviy molibden oksidi hamda metall molibden mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Biz O‘zbekistonni tashkilotimizning yangi a’zosi sifatida ko'rishdan mamnunmiz, -  deydi IMOA Bosh kotibi Eva Model.

 

Xalqaro molibden assotsiatsiyasiga a’zolik, eng avvalo, molibden bilan bog‘liq yangi me’yorlar, xavfsizlik standartlari va ekologik talablar bo‘yicha operativ va ishonchli axborotga ega bo‘lish imkonini beradi, shuningdek, yetakchi xalqaro ekspertlar bilan texnik va ilmiy tajriba almashinuvi, jahon molibden bozori dinamikasi va prognozlariga asoslangan real vaqt tahlili kabi bir qator strategik ustunliklar beradi. 
 

Bu a’zolik O‘zbekistonning global maydonga sanoat salohiyatini va strategik resurslarga egaligini namoyon etish yo‘lida tashlangan navbatdagi muhim qadamdir.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar