ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMKdan Markaziy Osiyo bo'yicha ilk ekologik texnologiya: molibdenni qayta ishlashda yangi bosqich

 TMKdan Markaziy Osiyo bo'yicha ilk ekologik texnologiya: molibdenni qayta ishlashda yangi bosqich 17.07.2025
TMKdan Markaziy Osiyo bo'yicha ilk ekologik texnologiya: molibdenni qayta ishlashda yangi bosqich

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tarkibidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodi ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Markaziy Osiyo bo‘yicha ilk bor zamonaviy ekologik texnologiyani joriy etdi.
 

Bu qanday texnologiya?
 

Avvallari, molibden mahsulotini ammiakli suv va kislotalar bilan yuvish orqali ishlab chiqarishda ammiak bug‘lari havoga tarqalishi kuzatilardi. Bu esa ekologik xavf tug‘dirardi. Yangi texnologiya natijasida esa, zavod mutaxassislari uch bosqichli sodali eritma asosida ishlaydigan yangi texnologiyani joriy qildi. Endi molibden xomashyosi soda eritmasi bilan ishqorlanadi, barcha jarayonlar yopiq tizimda amalga oshiriladi.
 

Bu qanday afzalliklarni beradi?
 

Ammiakli suv sarfi 4,4 baravarga kamaydi. Oldingi usul bilan solishtirganda, yangi texnologiya ammiakli suv iste’molini keskin kamaytirish imkonini berdi. Bu esa resurslardan oqilona foydalanish va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
 

Yopiq texnologik sikl tufayli ammiak bug‘larining havoga tarqalishi to‘liq bartaraf etildi. Bu ayni damda ekologik xavflarning oldini olishda katta yutuq hisoblanadi.
 

Chiqindilar miqdori 4 baravarga kamaydi. 2022-yilning birinchi yarmida atmosferaga chiqarilgan zararli moddalarning miqdori 0,9 tonnani tashkil etdi, holbuki, ruxsat etilgan me’yor 3,9 tonna edi. Bu chiqindilarning to‘rt baravarga kamayganini ko‘rsatadi.
 

Barcha jarayonlar xavfsiz va ekologik toza muhitda o‘tadi. Yopiq texnologik jarayon nafaqat chiqindilarni kamaytiradi, balki ishlab chiqarish muhitini inson salomatligi uchun xavfsiz holga keltiradi.
 

Havoni tozalash tizimi 95% samaradorlikka ega. Gidrometallurgiya tsexi yagona aspiratsiya tizimiga ulangan bo‘lib, bu tizim havodagi zararli moddalarning 95% ini samarali tarzda tozalaydi.

Ushbu texnologiyani joriy etish orqali TMK nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirdi, balki ekologik barqarorlik va resurs tejamkorlik yo‘nalishlarida ham ilg‘or yechimlarni amaliyotga tatbiq etdi. Bu tajriba nafaqat milliy, balki mintaqaviy miqyosda ham muhim namunadir.

Grafit - yashil iqtisodiyotning "qora oltini"!
Grafit
17.12.2025
Grafit - yashil iqtisodiyotning "qora oltini"!
TMK Xitoyda: global yashil transformatsiya bo'yicha yangi hamkorlik
ESG
15.12.2025
TMK Xitoyda: global yashil transformatsiya bo'yicha yangi hamkorlik
TMK Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi – 2025 da!
Forum
15.12.2025
TMK Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi – 2025 da!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar