💠 Ona tilimiz milliy o‘zligimiz, boy tariximiz va ma’naviy merosimizning bebaho timsolidir. Uning har bir so‘zida xalqimizning tafakkuri, qadriyatlari va kelajakka intilishi mujassam.
🌐 Bugun o‘zbek tili ilm fan, texnologiya va sanoat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlanmoqda. Uning nufuzini oshirish, zamonaviy bilim va atamalar bilan boyitish barchamizning sharafli burchimizdir.
💼 “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ jamoasi ham bu qutlug‘ sanani faxr bilan nishonlaydi. TMK faoliyatida davlat tiliga e’tibor, hujjat yuritish madaniyatida, ichki va tashqi muloqotda o‘zbek tilining nufuzini oshirish muhim qadriyatdir.
✨ Tilga ehtirom millatga ehtiromdir!
🇺🇿 Aziz vatandoshlar, O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!