ico
ico ico ico

Sayt test rejimida ishlamoqda

Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etiladi

 Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etiladi 25.11.2024
Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etiladi

«O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ va Istanbul texnika universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Unda «O‘zTMK» raisi Farhod Abdullayev hamda Istanbul universitetining «Konchilik» fakulteti dekani, professor Mustafa Kumral kelishuviga asosan, Markaziy Osiyo universiteti qoshida Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etiladigan bo‘ldi.  

Ushbu oliy maktabning vazifasi texnologik metallar sohasida magistratura va doktorantura talabalarini, ilmiy tadqiqotchilarni yetishtirib chiqarish, shu bilan birga, ilmiy materiallar va ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, tog‘-kon ishlari, metallurgiya, materialshunoslik, nanotexnologiya hamda energetika bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni olib borishdan iborat.

Shuningdek, Texnologik metallar oliy maktabi dual ta’lim tamoyiliga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra talabalar 70-80% vaqtini ishlab chiqarish korxonalarida (ya’ni amaliyotda) o‘tkazadilar.    

Mazkur maktabni bitirgan bitiruvchilar kelgusida «O‘zTMK» AJ qoshidagi korxonalarda o‘z faoliyatlarini olib borishlari mumkin bo‘ladi.  

Ma’lumot uchun, Istanbul texnika universiteti dunyodagi uchinchi eng qadimgi muhandislik universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitetda 39 ta bakalavr, 144 ta magistratura dasturlari, 13 ta kollej, 346 ta laboratoriya va 12 ta ilmiy markazlar mavjud.

O‘zA  

O'zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar
O‘zbekiston 24
03.09.2025
O'zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar
TMK Yevropa muhim xomashyo alyansi a’zosi
Zo‘rTV
03.09.2025
TMK Yevropa muhim xomashyo alyansi a’zosi
O‘zbekiston geosiyosiy sahnada yana bir muhim «chipta»ni qo‘lga kiritdi
Gazeta.uz
13.08.2025
O‘zbekiston geosiyosiy sahnada yana bir muhim «chipta»ni qo‘lga kiritdi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar