Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Societe Generale banki eksportoldi moliyalashtirish bo‘yicha Term Sheet imzoladi

 TMK va Societe Generale banki eksportoldi moliyalashtirish bo‘yicha Term Sheet imzoladi 16.10.2026
TMK va Societe Generale banki eksportoldi moliyalashtirish bo‘yicha Term Sheet imzoladi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Fransiyaning yirik moliya institutlaridan biri Societe Generale banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Muzokaralarda eksportoldi moliyalashtirish bitimi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish va jarayonni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, TMKning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va investitsiya portfelini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Societe Generale banki ushbu yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

 Uchrashuv yakunida eksportoldi moliyalashtirish bitimining asosiy shartlarini belgilovchi Term Sheet hujjati imzolandi. Bu yakuniy kredit shartnomasini rasmiylashtirish uchun zarur shartlarni kelishish jarayonidagi muhim bosqich hisoblanadi.

 Mazkur hamkorlik TMKning xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash, tashqi moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

#TMK #SocieteGenerale #EksportoldiMoliyalashtirish #XalqaroHamkorlik #XalqaroMoliya #Investitsiya #KapitalBozori #TermSheet #EksportSalohiyati

InnoWeek 2026: G‘oyangizni real sanoat loyihasiga aylantiring!
INNOWEEK 2026
16.10.2026
InnoWeek 2026: G‘oyangizni real sanoat loyihasiga aylantiring!
INNOWEEK 2026: TMK ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etadi
INNOWEEK 2026
15.10.2026
INNOWEEK 2026: TMK ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etadi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
uchrashuv
14.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring