ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Xitoyning PPP (Hong Kong) Ltd.: Xromdan sof mahsulotgacha hamkorlik

 TMK va Xitoyning PPP (Hong Kong) Ltd.: Xromdan sof mahsulotgacha hamkorlik 10.07.2025
TMK va Xitoyning PPP (Hong Kong) Ltd.: Xromdan sof mahsulotgacha hamkorlik

O’zbekiston texnologik metallar kombinati va Xitoyning “PPP (Hong Kong) Ltd.” kompaniyasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Unda TMK tomonidan kombinatning hozirgi faoliyati va istiqbolli investitsiya loyihalarining taqdimoti o’tkazilib, hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Xususan, O‘zbekistonda yaratilayotgan qulay investitsiya muhiti haqida ma’lumot berilib, kritik xomashyo yo‘nalishida qo‘shma korxona tashkil etish taklifi ilgari surildi.
 

O‘z navbatida, “PPP (Hong Kong) Ltd.” vakillari kompaniyaning xrom, nikel va kobaltni qayta ishlash hamda ushbu metallar asosida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyati va zamonaviy texnologiyalarga egaligini bildirdi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda xrom xomashyosini qayta ishlab sof xrom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.
 

Ma’lumot uchun, PPP (Hong Kong) Ltd. – Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan va xrom, nikel, kobalt kabi strategik metallar bilan ishlovchi xalqaro kompaniya bo‘lib, u Xitoy, BAA, Janubiy Afrika, Hindiston, Misr va Qozog‘iston kabi yirik bozorlarni qamrab olgan.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar