ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va SGS Markaziy Osiyoda nano-tadqiqotlar uchun yangi bosqichni boshlaydi

 TMK va SGS Markaziy Osiyoda nano-tadqiqotlar uchun yangi bosqichni boshlaydi 12.06.2025
TMK va SGS Markaziy Osiyoda nano-tadqiqotlar uchun yangi bosqichni boshlaydi

Bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumining muhim voqealaridan biri – TMK va Shveysariyaning SGS kompaniyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Hamkorlikda ko'zlangan asosiy maqsad TMK tomonidan tashkil etilayotgan Markaziy nano-analitik laboratoriyani SGS bilan hamkorlikda tizimli yo‘lga qo‘yishdir.

 

Xususan, hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
🔘 Laboratoriyada zamonaviy menejment tizimini joriy etish;
🔘 Yuqori malakali laboratoriya mutaxassislarini tayyorlash;
🔘 Ilg‘or dasturiy ta’minotlarni joriy qilish;
🔘 Laboratoriyaning xalqaro akkreditatsiyasini ta’minlash.

 

TMK — yetarlicha ambitsiyali va yirik kompaniya, umid qilamanki, yaqin kelajakda u jahon bozorida tanilgan brendga aylanadi. SGS va TMK o‘rtasida memorandum imzolanishi ilmiy-tadqiqot sohasida yangi bosqichga chiqishga imkon beradi, - deydi SGS kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Valeriy Kim.

 

Tomonlar o'rtasida oldin ham uchrashuvlar tashkil etilgan va kritik minerallar konlarini o‘zlashtirish, geologiya-qidiruv va loyihalashtirish ishlari hamda TMK Oliy maktabi bilan ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar