ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Xitoyning yetakchi kompaniyalari texnologik hamkorlik yo‘lida

 TMK va Xitoyning yetakchi kompaniyalari texnologik hamkorlik yo‘lida 19.07.2025
TMK va Xitoyning yetakchi kompaniyalari texnologik hamkorlik yo‘lida

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi Xitoyda boʻlib, mamlakatning eng ilg‘or texnologik va sanoat kompaniyalari bilan qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. 


 

Tashrif davomida Xitoyning yirik metallurgiya va resurslar bo‘yicha davlat korporatsiyasi China Minmetals Corporation va  volfram, molibden va boshqa strategik metallar bo‘yicha global yetakchi ishlab chiqaruvchi Minmetals Tungsten Co., Ltd. kompaniyalari bilan muloqotlar tashkil etildi.


 

Hamkorlik kun tartibida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:


 

Kritik va kamyob metallar sohasida qo‘shma loyihalar – O‘zbekistonda volfram, molibden, tantal, niobiy va litiy zaxiralarini birgalikda o‘zlashtirish, qayta ishlash va global ta’minot zanjirlariga eksport qilish;


 

O‘zbekiston sanoatiga yuqori texnologiyalarni olib kirish – Norinco, CATL, Great Wall Motor, Origin Quantum kabi kompaniyalar bilan ilg‘or ishlab chiqarish quvvatlari, elektromobil batareyalari, quantum texnologiyalari, harbiy sanoat va zamonaviy avtomobilsozlik sohalarida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqish;


 

Kadrlar salohiyatini oshirish – ilmiy-tadqiqot hamkorliklari va tajriba almashinuvi mexanizmlari ishlab chiqish;


 

Global integratsiya – O‘zbekistonni strategik metallar eksporti va sanoat logistikasi orqali mintaqaviy va global ta’minot zanjirlariga samarali ulash.


 

Bu nima uchun muhim?


 

China Minmetals Corporation – 1,1 trillion yuandan ortiq aktivlarga ega, 240 mingdan ortiq xodim ishlovchi, 38 ta xalqaro kon obyektini boshqaruvchi, “Fortune Global 500” ro‘yxatida yuqori o‘rinlarni egallagan global kompaniya. 


 

Bu kabi hamkorlar bilan ishlash orqali TMK kritik metallar sohasida jahon bozoriga integratsiyalashish va O‘zbekistonning ilmiy-texnologik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

TMK va Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik yangi bosqichda
jarayon
31.10.2025
TMK va Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik yangi bosqichda
“Cove Capital” delegatsiyasi TMK’da: xalqaro texnologik hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv
Cove Capital
31.10.2025
“Cove Capital” delegatsiyasi TMK’da: xalqaro texnologik hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv
Geologiya jarayonlari TMKda raqamli ekotizim formatida
jarayon
31.10.2025
Geologiya jarayonlari TMKda raqamli ekotizim formatida

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar