Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) kritik minerallarni çuqur qayta işlaş va yangi sanoat loyihalariga xalqaro moliyaviy resurslarni jalb etiş böyiça muzokaralar ötkazdi.
TMK, Koreya eksport-import banki (KEXIM), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi iştirokida “Koreya va Özbekiston kritik minerallar böyiça hamkorlik platformasi” işçi guruhining birinçi yiğilişi ötkazildi.
Uçraşuv Özbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga taşrifi doirasida imzolangan tört tomonlama memorandum ijrosi yuzasidan taşkil etildi.
Muzokaralarda TMKning istiqbolli sanoat loyihalari taqdim etilib, ularni xalqaro kredit resurslari va qöşma moliyalaştiriş mexanizmlari orqali qöllab quvvatlaş, texnik kömak jalb etiş hamda Koreya kompaniyalari bilan texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar hamkorlikning ustuvor yönalişlari va loyihalarni moliyalaştiriş şakllari yuzasidan fikr almaşdilar.
Uçraşuv yakunida işçi guruh doirasida hamkorlikni davom ettiriş, ustuvor loyihalarni aniqlaş va ular böyiça amaliy işlarni bosqiçma-bosqiç yölga qöyişga kelişib olindi.
Mazkur hamkorlik Özbekistonda yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni rivojlantiriş va milliy sanoatning xalqaro qiymat zanjirlaridagi örnini mustahkamlaşga qaratilgan.