ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zTMK Toshkentdagi birinchi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" tahliliy markazlar forumida ishtirok etdi

 O‘zTMK Toshkentdagi birinchi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" tahliliy markazlar forumida ishtirok etdi 24.03.2025
O‘zTMK Toshkentdagi birinchi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" tahliliy markazlar forumida ishtirok etdi

Forum Markaziy Osiyo xalqaro institutida o‘tkazilib, "Toshkent platformasi: Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida ko‘priklar qurish" mavzusiga bag‘ishlandi.


Rasmiy shaxslar, diplomatik missiya rahbarlari va vakillari, mahalliy va xorijiy hukumat tahliliy markazlari, biznes vakillari ishtirok etgan ushbu muhim tadbirning uchinchi sessiyada O‘zTMKning xorijlik eksperti Han Ilhan nutq so‘zladi.


Ushbu sessiya kritik minerallarni Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi barqaror texnologik, savdo va “yashil” hamkorlikning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi roliga bag‘ishlandi.


Asosiy muhokamalar qazib olish, qayta ishlash va mas’uliyatli ta’minot orqali qayta tiklanuvchi energetika, raqamli iqtisodiyot va yuqori texnologiyali sohalar uchun zarur bo‘lgan minerallar bilan ta’minlash masalalariga qaratildi.


O‘zTMKning xorijlik eksperti Han Ilhan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan barqaror qazib olish usullariga investitsiya kiritish imkoniyatlarini hamda kritik minerallar bilan barqaror ta’minotni ta’minlash masalalarini muhokamaga qo'ydi.


Shuningdek, sessiya davomida qazib olish sohasida innovatsiyalar hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha bilim va tajriba almashinuvi masalalari ham ko‘rib chiqildi.


 

 

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar