Murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
1. TMKga qanday murojaat qilish mumkin?
Murojaatni rasmiy saytdagi “Virtual qabulxona” orqali onlayn yuborish, +998 70 202-10-10 call-markazga qo‘ng‘iroq qilish, info@uztmk.uz elektron pochtasiga yozish yoki saytdagi qayta aloqa formasi va onlayn chatdan foydalanish mumkin.
2. Murojaatim qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
Murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, odatda 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
3. Murojaatimning holatini qanday bilsam bo‘ladi?
“Virtual qabulxona” sahifasidagi “Murojaat holatini tekshirish” bo‘limiga murojaat raqami va murojaat yuborishda ko‘rsatilgan telefon raqamini kiritib, “Tekshirish” tugmasini bosing.
4. TMK tenderlari va xaridlari haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin?
E’lon qilingan tenderlar https://uztmk.uz/uz/tenders sahifasida joylanadi. Davlat xaridlari elektron platformasi (xarid.uzex.uz) orqali o‘tkaziladigan xaridlarni ham kuzatib borish mumkin.
5. Yetkazib beruvchi sifatida xaridlarda qanday ishtirok etish mumkin?
Buning uchun xarid.uzex.uz elektron platformasida elektron raqamli imzo (ERI) orqali ro‘yxatdan o‘tish va e’lon qilingan lotga belgilangan muddatda taklif yuborish kerak. Har bir xaridning shartlari e’lonning o‘zida ko‘rsatiladi.
6. TMK mahsulotlarini sotib olish yoki narx so‘rash uchun kimga murojaat qilish kerak?
Mahsulotlar haqidagi ma’lumot saytning “Mahsulotlar” bo‘limida berilgan. Buyurtma yoki narx so‘rovi uchun info@uztmk.uz elektron pochtasiga yoki +998 70 202-10-10 call-markazga murojaat qiling.
7. TMKdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida qayerdan bilish mumkin?
Barcha vakansiyalar https://uztmk.uz/uz/vacancy sahifasida e’lon qilinadi. Har bir vakansiyada lavozim talablari, ishga qabul shartlari va ariza topshirish tartibi ko‘rsatiladi.
8. Ishga ariza topshirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Talab qilinadigan hujjatlar har bir vakansiya e’lonida alohida ko‘rsatiladi. Odatda rezyume (CV) va ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar so‘raladi.
9. TMK yangiliklaridan qanday xabardor bo‘lib borish mumkin?
Saytdagi obuna formasi orqali yangiliklarni elektron pochtaga olish mumkin. Shuningdek, TMKning Telegram, Instagram, Facebook, LinkedIn, X va YouTube’dagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali: https://my.gov.uz
Hukumat portali: https://gov.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti: https://president.uz/uz
Qonunchilik ma‘lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz
Statistika agentligi: https://stat.uz
Ochiq budjet portali: https://openbudget.uz
Elektron davlat xaridlari: https://xarid.uzex.uz
Iqtisodiyot va moliya vazirligi: https://gov.uz/uz/imv
Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi: https://gov.uz/oz/edu
O‘zarxiv agentligi: https://gov.uz/oz/archive