ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Xitoyda O‘zbekiston kuni: TMK “China Mining 2025” sahnasida!

 Xitoyda O‘zbekiston kuni: TMK “China Mining 2025” sahnasida! 20.10.2025
Xitoyda O‘zbekiston kuni: TMK “China Mining 2025” sahnasida!

2025 yil 23-25 oktabr kunlari Xitoyning Tyanjin shahri yana bir bor jahon konchilik sanoatining markaziga aylanadi. Bu yerda 27-Xitoy konchilik konferensiyasi va ko‘rgazmasi (China Mining Conference & Exhibition) o‘tkaziladi.

 

Ko‘rgazma doirasida aqlli konchilik texnologiyalari, geologik qidiruv uskunalari, qazib olish va boyitish texnologiyalari, kompleks resurs yechimlari hamda “yashil” konchilik tashabbuslari namoyish etiladi - bu zamonaviy konchilik innovatsiyalarining to‘liq manzarasini aks ettiradi.

 

Ushbu ilmiy-texnik forum doirasida TMK Xitoy kompaniyalari va xalqaro delegatlarga O‘zbekistonning yangi sanoat konsepsiyasini taqdim etadi. 

Asosiy yo‘nalishlar:

Integratsiyalashgan “mine–metal–market” qiymat zanjiri modeli;
Kadrlar almashinuvi va ta’lim integratsiyasi;

Qo‘shma texnologik markazlar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish;
Xalqaro barqarorlik standartlariga mos ESG va “Green Mining” yechimlari.


Forumning eng kutilgan qismi - “O‘zbekiston kunlari” bo‘ladi. Bu nafaqat taqdimotlar, balki O‘zbekiston konchilik sanoatining yangi davrini his etish imkoniyatidir.

Innovatsiya, texnologiya va hamkorlik bir nuqtada – TMK stendida birlashadi!


Barqaror sarmoya, ishonchli hamkorlik va ilg‘or texnologiyalarni izlayotganlar uchun eng to‘g‘ri manzil: 5-pavilion, stend 5205 | Meijiang Convention & Exhibition Center, Tyanjin

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar