Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) va Germaniyaning CRONIMET Holding GmbH kompaniyasi örtasida kritik metallarni qayta işlaş, yangi işlab çiqarişlarni rivojlantiriş va xalqaro savdo aloqalarini kengaytiriş böyiça muzokaralar ötkazildi.
🌍 Olti qit’ada 70 dan ortiq işlab çiqariş, qayta işlaş va savdo maydonlariga ega CRONIMET bilan 5 ta ustuvor hamkorlik yönalişi körib çiqildi.
💠 Asosiy e’tibor sanoat çiqindilaridan qimmatli metallarni qayta ajratib oliş, Özbekistonda ferroqotişmalar va yuqori qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş hamda xalqaro savdoni rivojlantiriş imkoniyatlariga qaratildi.
🤝 Muzokaralar natijasida keyingi amaliy qadamlar belgilandi. CRONIMET ferroqotişmalar işlab çiqariş böyiça texnik taklif tayyorlaş, reniy xomaşyosini yetkazib beriş imkoniyatlarini örganiş va qayta işlaş sohasida hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.
📈 TMK xalqaro hamkorlikni kengaytiriş orqali Özbekistonda kritik minerallarni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va milliy sanoatning global qiymat zanjiridagi örnini mustahkamlaşga intilmoqda.
#TMK #CRONIMET #XalqaroHamkorlik #KritikMinerallar #Metallurgiya #SanoatRivoji