ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida samarali muloqot

 TMK va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida samarali muloqot 23.05.2025
TMK va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida samarali muloqot

TMK va Fransiya taraqqiyot agentligi “AFD Group” o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda TMK investitsiya va moliyalashtirish sohasidagi yirik loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdi. “AFD Group” o‘zining barqaror taraqqiyot, ekologik mas’uliyat va ijtimoiy tenglik tamoyillariga asoslangan yondashuvini bayon qildi.

 

 Tomonlar moliyalashtirish mexanizmlari, hamkorlik doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar va loyihalarni baholash tartiblari yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuv jarayonida o‘zaro manfaatli sheriklik uchun salmoqli imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

 

Tomonlar mavjud imkoniyatlarni chuqur o‘rganib, hamkorlikni izchil davom ettirishga va birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar mexanizmlarni muvofiqlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

Ma’lumot uchun, “AFD Group”  Fransiyaning rasmiy taraqqiyot moliyalashtirish agentligi bo‘lib, 150 dan ortiq davlatda barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, yashil transformatsiya va ijtimoiy tenglik bo‘yicha faoliyat yuritadi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar