🌎 Bugun mineralning qiymati faqat uning yer ostidagi zaxirasi bilan emas, qaysi texnologiya, sanoat yoki ta’minot zanjiri unga bog‘liqligi bilan belgilanmoqda. Shu sabab “kritik” va “strategik” tushunchalari global sanoat kun tartibida tobora ko‘proq uchramoqda.
💎 Kritik mineral — iqtisodiyot va sanoat uchun muhim bo‘lgan, ta’minotidagi uzilish esa ishlab chiqarish yoki texnologik jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan resurs. Strategik mineral esa energetika, aerokosmik sanoat, raqamli texnologiyalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarning rivoji uchun alohida ahamiyatga ega xomashyodir.
⚙️ Masalan, volfram yuqori haroratga chidamliligi va mustahkamligi tufayli aerokosmik sanoat, mashinasozlik hamda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi. Uning xossalari murakkab sharoitlarda ishlaydigan zamonaviy texnologiyalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 O‘zbekiston uchun esa masala faqat resursga ega bo‘lish bilan cheklanmaydi. Asosiy vazifa mineralni qazib olishdan boshlab qayta ishlash, texnologiya yaratish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotgacha olib borish.
💼 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) aynan shu yo‘nalishda resurslarni o‘zlashtirish, qayta ishlash, ilmiy-tadqiqot, ilg‘or materiallar va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yagona qiymat zanjirida birlashtirmoqda.
💠 Kritik minerallarda asosiy masala ta’minot barqarorligi. Strategik minerallarda esa ularning kelajakdagi sanoat va texnologik taraqqiyotdagi o‘rni.
#KritikMinerallar #StrategikMinerallar #Volfram #TexnologikMetallar #O‘zbekiston #TMK