💼 Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) xalqaro Responsible Minerals Initiative (RMI) taşabbusi doirasidagi mustaqil auditdan muvaffaqiyatli ötib, volfram böyiça RMAP Conformant maqomini qölga kiritdi. TMK Markaziy Osiyoda volfram böyiça uşbu maqomga erişgan birinçi korxona böldi.
💠 Bu Özbekiston volfram sanoatining xalqaro maydondagi nufuzini oşirişda muhim natijadir. RMI doirasidagi RMAP Conformant maqomi kombinatda mineral xomashyoning kelib çiqişi va ta’minot zanjiri bilan boğliq xavflarni anıqlaş, baholaş hamda kamaytiriş tizimi xalqaro talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
🌐 RMAP Yevropa Komissiyasi tomonidan rasman tan olingan xalqaro baholaş tizimidir. Bu mazkur tizimning jahon mineral xomashyo ta’minoti zanjirlaridagi ahamiyatini körsatadi.
📈 TMKning RMI doirasida uşbu maqomga erişişi xalqaro xaridorlar işonçini mustahkamlaş, yirik sanoat kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiriş va Özbekiston volframining eksport imkoniyatlarini oşiriş uçun yangi istiqbollar oçadi.
🤝 Mazkur yutuq Özbekistonning xalqaro talablarga muvofiq, mas’uliyatli mineral xomashyo yetkazib beruvçi sifatidagi mavqeyini yanada mustahkamlaydi.