MINEX Central Asia 2025 – muvaffaqiyatli yakun va muhim natijalar!
🔹400 ga yaqin ishtirokchi — jumladan, 21 mamlakatdan 200 dan ortiq diplomatik missiyalar, xalqaro kompaniyalar va geologiya sohasining yetakchi ekspertlari ishtirok etdi.
🔹Forum doirasida 72 nafar spiker ishtirokida 9 ta yo‘nalish bo‘yicha panel sessiyalar tashkil etilib, kritik minerallar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
🔹 Ko‘rgazma maydonida 14 ta xorijiy va mahalliy tashkilotlar o‘z innovatsion mahsulotlari, xizmatlari va texnologiyalari bilan ishtirok etdi.
🔹 TMK tomonidan B2B va B2G formatlarida 50 dan ortiq mahalliy va xalqaro kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi hamda 16 ta anglashuv va strategik memorandum imzolandi.
🔹 Forum yoritilishi bo‘yicha 68 ta xorijiy va mahalliy OAV tomonidan 83 ta material e’lon qilinib, MINEX Central Asia 2025’ning keng jamoatchilikda aks sado berishiga xizmat qildi.
🔹MINEX Central Asia – Markaziy Osiyoning geosanoat markaziga aylanish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.