ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Global reytingda birinchi o‘rinda turuvchi universitet MIT — TMK muhandislarini o‘qitadi

 Global reytingda birinchi o‘rinda turuvchi universitet MIT — TMK muhandislarini o‘qitadi 18.11.2025
Global reytingda birinchi o‘rinda turuvchi universitet MIT — TMK muhandislarini o‘qitadi

Bugungi kunda TMK hamda Massachusetts Institute of Technology (MIT) o‘rtasidagi hamkorlik global darajadagi bilim va texnologiyalarni bevosita O‘zbekiston sanoatiga olib kirishga xizmat qilmoqda.

 

MIT dunyo reytinglarida texnologiya, muhandislik va kompyuter fanlari bo‘yicha eng yuqori o'rinlarni band qilib kelayotgan, 100+ Nobel mukofoti sovrindorlari ta'lim olgan nufuzli xalqaro institut hisoblanadi.

 

TMK va MIT hamkorligining ilk bosqichida TMKning 100 nafar muhandis xodimlari dunyoning eng ilg‘or raqamli ta’lim platformasi — MIT Horizonda o‘qitiladi.

Ushbu zamonaviy platforma MIT tadqiqotlari va sanoat innovatsiyalarini qisqa, aniq va amaliy o‘quv modullariga aylantiradi.

 

Ta'lim dasturi Artificial Intelligence, Generative AI, Digital Twin, IoT, Cybersecurity, Quantum Computing va Big Data kabi eng muhim kelajak texnologiyalarini qamrab olgan.

 

MIT Horizonning katta ustunligi — murakkab ilmiy g‘oyalarni sodda, tushunarli va amaliy ko‘nikmaga aylantirishidir. Bu TMK muhandislariga global texnologik tilni egallash va xalqaro standartlarda fikrlash imkonini beradi.

 

Shuningdek, MIT Horizon sertifikatlari xalqaro miqyosda tan olingan hujjat bo‘lib, TMK muhandislarining global darajada e’tirof etilganini ko'rsatadi.

 

TMKning ushbu hamkorligi Shavkat Mirziyoyevning  “ta’lim, ilm-fan va sanoat” zanjirini yaratish, dunyoning eng nufuzli 50 universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusi doirasida amalga oshirilib, mamlakatimizda ta’lim va sanoat integratsiyasining yangi davrini boshlab bermoqda.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar