ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Texnologik metallar adabiyotida yangi sahifa

 Texnologik metallar adabiyotida yangi sahifa 12.03.2025
Texnologik metallar adabiyotida yangi sahifa

Texnologik metallar adabiyotida yangi sahifa
 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bugungi kunda kritik minerallar va texnologik metallar bo‘yicha adabiyotlarni, sohaga oid ilmiy-tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda  ilmiy manbalarni keng ommaga taqdim etish maqsadida yangi platforma yaratishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda, kuni kecha O‘zTMK va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

Unda har ikki tomon mavjud adabiyotlarni tizimlashtirish, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasining rivojlanishida ilmiy manbalar muhim o‘rin tutishi, shuningdek, sohaga oid ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Shu boisdan, O‘zTMK mas’ullari texnologik metallar bo‘yicha ilmiy va texnik adabiyotlarni jamlash hamda ushbu yo‘nalishda mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun maxsus kutubxona tashkil etilayotganini ta’kidladi. Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlik o‘rnatish, kutubxonaning boy tajribasidan samarali foydalanish, adabiyotlar fondini kengaytirish va ilmiy izlanishlar uchun qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o’tildi. 
 

Muzokaralar natijasida ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, bu esa kelgusida sohaga oid adabiyotlar bazasini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga zamin yaratadi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar