ico
ico ico ico

Sayt test rejimida ishlamoqda

Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Yangi texnologiyalar, yangi sanoat davri: Xitoyga tashrif muvaffaqiyatli yakunlandi

 Yangi texnologiyalar, yangi sanoat davri: Xitoyga tashrif muvaffaqiyatli yakunlandi 28.08.2025
Yangi texnologiyalar, yangi sanoat davri: Xitoyga tashrif muvaffaqiyatli yakunlandi

 


 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi. 


 

Bir hafta davomida delegatsiya a'zolari Xitoy sanoatining  gigant korxonalari faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari hamda zamonaviy texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar. 


 

Tashrifning asosiy manzillari:


 

Chengdu shahridagi XTC Molibden zavodi – molibdenni eritish, kukun va qotishma mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi;


 

Luoyang Golden Egret Geotools Co., Ltd. – sementlangan karbid uskunalari va kon jihozlari ishlab chiqarish bilan tanishildi;


 

Xingluokeng volfram boyitish fabrikasi –  innovatsion va ekologik texnologiyalar o‘rganildi;


 

Fujian Gold Dragon Rare Earth – avtomatlashtirilgan va smart tizimlar o‘rganildi;


 

GESAC va XTC korxonalari – tog‘-kon uskunalari, qattiq qotishmalar va yangi energiya (litiy-ion katodlar) ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. 


 

Uchrashuvlarda malakali kadrlar tayyorlash va mutaxassislar almashinuvi, O‘zbekistonda yangi gidrometallurgiya quvvatlarini yaratish, “Kelajak metallari texnoparki” loyihasi doirasida qo‘shma ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish, volfram, molibden, nodir yer elementlari va yangi energiya texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma loyihalar, shuningdek,  O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozoriga xizmat qiladigan sanoat markazlarini barpo etish masalalari muhokama qilingan bosh mavzular bo'ldi. 


 

Rejalashtirilayotgan qo‘shma loyihalar mamlakatimizni mintaqada kritik minerallarni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha markazga aylantirishi kutilmoqda.

TMK va molibden gigantlari: kelajak metallari bo‘yicha kelishuvlar
Video
12.09.2025
TMK va molibden gigantlari: kelajak metallari bo‘yicha kelishuvlar
TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik
TMK
10.09.2025
TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik
TMK xalqaro maydonda: CATL, GEM va Hithium bilan uchrashuvlar
Xiamen
09.09.2025
TMK xalqaro maydonda: CATL, GEM va Hithium bilan uchrashuvlar

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar