ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlida yangi bosqich: TMK va Kamborn konchilik maktabi o‘rtasida zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha muhim kelishuvlar

 O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlida yangi bosqich: TMK va Kamborn konchilik maktabi o‘rtasida zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha muhim kelishuvlar 02.12.2025
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlida yangi bosqich: TMK va Kamborn konchilik maktabi o‘rtasida zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha muhim kelishuvlar

 So‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan sanoat-ilm-fan-ishlab chiqarish zanjiri asosida kadrlar tayyorlash tizimi amaliyotga keng joriy etilmoqda. O‘zbekiston texnologik metallar kombinati esa ushbu yo‘nalishni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab, zamonaviy, malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

 

TMK vakillarining Buyuk Britaniyada dunyo konchilik, geologiya va mineral resurslar sohasidagi nufuzli ta’lim markazlaridan biri Kamborn konchilik maktabiga tashrifi ham shu maqsadga qaratilgan bo’lib, unda bir qator kelishuvlarga erishildi:

⚡️ Texnologik metallar oliy maktabida Britaniya ta’lim standartlarini joriy etish;
⚡️ “1+1” qo‘shma magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish;
⚡️ talaba va professorlar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda amalga oshirish;
⚡️mineral resurslar va texnologik metallar bo‘yicha zamonaviy laboratoriya tajribasini O‘zbekistonga transfer qilish.

 

Shuningdek, TMK vakillari tashrif davomida Kamborn konchilik maktabining ilg‘or laboratoriyalari, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, mineralogiya, gidrometallurgiya, kon injiniringi va geotexnika bo‘yicha ilg‘or uskunalar va tadqiqot maydonlari bilan tanishdi.

 

Ushbu tashrif Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi hamda Cornwall Mining and Geo-Resources Alliance ko‘magida amalga oshirildi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar