ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

"MINEX Central Asia 2025" forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

 "MINEX Central Asia 2025" forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 23.05.2025
"MINEX Central Asia 2025" forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

TMK Sizni 24-25-iyun kunlari Markaziy Osiyodagi eng yetakchi va nufuzli soha tadbirlaridan biri "MINEX Central Asia 2025" forumida ishtirok etishga taklif qiladi.

Ushbu forum kritik minerallar bo‘yicha global kelajak masalalariga bag‘ishlangan bo'lib, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati mezbonligida tashkil etilmoqda.


"MINEX Central Asia 2025" doirasida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

-Nodir metallar bo‘yicha ishlab chiqarishdan to qayta ishlashgacha bo‘lgan barqaror ta’minot zanjirlarini yaratish;
- Mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy ishonch muhitini shakllantirish;
- ESG standartlari va barqaror konchilik amaliyoti;
- Qayta ishlash, raqamlashtirish va innovatsiyalar;
- Ilmiy hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
- Global ta’minot zanjirlariga integratsiya va tashqi investorlar ishtirokidagi yuqori texnologik loyihalarni targ‘ib qilish.


Shuningdek, forum doirasida ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida geologiya va konchilik sohasida yangilik, barqarorlik va yetakchilikni taqdirlashga qaratilgan “Central Asian Mining & Geological Exploration Award” mukofoti taqdim etiladi.  


Agar sizning faoliyatingiz kamyob minerallar, barqaror ta’minot zanjirlari, yashil transformatsiya yoki mintaqaviy sheriklik bilan bog‘liq bo‘lsa, bu Forum aynan Siz uchun!


Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://2025.minexasia.com


TMK Sizni "MINEX Central Asia 2025" forumida kutadi!

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar