ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMKning Sariko‘l loyihasi – O‘zbekiston volfram sanoatida yangi bosqich

 TMKning Sariko‘l loyihasi – O‘zbekiston volfram sanoatida yangi bosqich 25.11.2025
TMKning Sariko‘l loyihasi – O‘zbekiston volfram sanoatida yangi bosqich

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bugun volfram qiymat zanjirining upstream, midstream va downstream kabi barcha bosqichlarni qamrab olgan integratsiyalashgan sanoat modelini shakllantirmoqda. Mazkur yondashuv O‘zbekistonni global volfram bozorida ishonchli, uzoq muddatli va texnologiya jihatdan barqaror hamkor sifatida pozitsiyalashga qaratilgan.

 

Upstream yo‘nalishining asosiy tarkibiy qismi sanalgan Sariko‘l volfram koni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida joylashgan bo‘lib, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va tog‘-kon sanoati vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyihaning muhandislik va texnologiya bloklari Avstraliyaning xalqaro darajada tan olingan, ko‘p yillik sanoat tajribasiga ega yetakchi kompaniyalari AMC Consulting Pty Ltd. va NewPro Consulting and Engineering Services Pty Ltd. tomonidan ishlab chiqilmoqda.

 

Loyihaning yana bir muhim yo‘nalishi - ESG (Environmental, Social, Governance) standartlarining to‘liq integratsiyasi. Ayni paytda loyiha doirasida ESG-tashabbuslar ishlab chiqilmoqda. ESG yondashuvi faqat ekologiyani muhofaza qilish bilan cheklanmay, balki keng qamrovli barqarorlik standartlarini joriy etishni nazarda tutadi. Shuningdek, kondagi ishlar ochiq va yerosti usullarida olib boriladi. Bu usul xavfsizlikni ta’minlaydi va iqtisodiy jihatdan ham foydali hisoblanadi.

 

Sariko‘l loyihasi doirasida barpo etilayotgan qayta ishlash majmuasi yiliga 1 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi va jahon standartlariga to‘liq mos tarzda faoliyat yuritadi. Ushbu quvvatlar asosida xalqaro sifat talablariga javob beradigan 65 foizli volfram konsentrati ishlab chiqariladi. Loyihaning yillik mahsulot hajmi 4 ming tonna etib belgilangan. Istiqbolli maydonlar va geologik zaxiralarni inobatga olgan holda konning umumiy ishlash muddati 20-yilgacha baholanmoqda.

 

Bu yerda nafaqat mineral qazib olinadi, balki mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari, infratuzilma va ijtimoiy barqaror muhit yaratiladi. Loyiha doirasida 400 nafardan ortiq mutaxassis va mahalliy aholi vakillari barqaror ish o‘rni bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Sariko‘l loyihasi orqali TMK nafaqat mineral resurslarni o‘zlashtirmoqda, balki inson kapitaliga, barqaror rivojlanishga va texnologik modernizatsiyaga yo‘naltirilgan yangi sanoat ekotizimini barpo etmoqda. Bu esa O‘zbekistonning global kritik minerallar xaritasidagi rolini yanada kuchaytirishi, shubhasiz.

TMK Xitoyda: global yashil transformatsiya bo'yicha yangi hamkorlik
ESG
15.12.2025
TMK Xitoyda: global yashil transformatsiya bo'yicha yangi hamkorlik
TMK Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi – 2025 da!
Forum
15.12.2025
TMK Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi – 2025 da!
TMK Buyuk Britaniya bilan hamkorlikning yangi bosqichida
TMK
10.12.2025
TMK Buyuk Britaniya bilan hamkorlikning yangi bosqichida

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar