ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

“Kelajak metallari texnoparki”: Markaziy Osiyo sanoat klasterining yangi modeli

 “Kelajak metallari texnoparki”: Markaziy Osiyo sanoat klasterining yangi modeli 08.09.2025
“Kelajak metallari texnoparki”: Markaziy Osiyo sanoat klasterining yangi modeli

 Turkiyaning sanoat sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — OSTİM PROJE bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar bir qator masalalarni muhokama qilib, hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzoladilar.

 

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

  • Turkiya tajribasini, xususan, OSB modelini texnopark faoliyatiga joriy etish;
  • Infratuzilmaviy va texnologik loyihalarda qo‘shma ishlab chiqarish hamda investitsiyalarni amalga oshirish;
  • Chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologiya transferini ta’minlash.

 

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, texnopark qatnashuvchilari OSTİM modeli asosida zamonaviy klaster tizimida faoliyat yuritadi. O‘zbekistondagi sanoat uchun muhim minerallardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarda turkiyalik investorlar ham ishtirok etadilar.

 

Ushbu kelishuv “Kelajak metallari texnoparki”ni Markaziy Osiyoda innovatsion metallurgiya va texnologik xab sifatida rivojlantiradi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini, ish o‘rinlarini yaratadi. Eksport hajmini oshirib, Texnoparkni mintaqadagi yetakchi markazga aylantiradi.

 

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar