ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik

 TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik 10.09.2025
TMK va Osiyo taraqqiyot banki: kelajak loyihalari uchun yangi hamkorlik

 


 

 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bosh ofisida Osiyo taraqqiyot bankining Iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish bo‘yicha maxsus maslahatchisi Edimon Ginting boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


 

Unda tomonlar sanoat uchun muhim minerallar yo‘nalishida mintaqaviy, shuningdek o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda kelgusi qadamlar yuzasidan fikr almashdilar.


 

Bank vakillari TMK loyihalari portfeli uchun mavjud texnik va moliyaviy yordam imkoniyatlari, shuningdek, yangi moliyalashtirish vositalari haqida taqdimot qildi. O‘z navbatida, TMK vakillari kombinatning missiyasi va strategik qarashlari, joriy faoliyati hamda ustuvor loyihalari bo‘yicha ma’lumot taqdim etdilar.


 

 Edimon Ginting Osiyo taraqqiyot bankining TMK loyihalarini moliyalashtirish hamda R&D yo‘nalishida texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. 


 

Tomonlar kelgusida barqaror rivojlanish va sanoat innovatsiyalari yo‘lida qo‘shma qadamlarga kelishib oldilar.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar