TMK bosh ofisida Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK) delegatsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda GTK bosh direktori Kimmo Tiilikainen, TMK rahbariyati hamda Oʻzbekiston Geologiya fanlari universiteti prorektori O. Qodirovlar ishtirok etdi.
GTK vakillari Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan kritik metallar sohasidagi strategik hamkorlik memorandumi doirasida mamlakatimizda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdi.
Shuningdek, GTK qoshidagi Mintec laboratoriyasi taqdimot qilinidi. Laboratoriya qoshida laboratoriya hamda ruda va texnogen chiqindidan minerallar ajratishni kuzatish, o‘rganish, sinovlar o‘tkazish imkonini beruvchi pilot uskuna qurilayotgani bildirildi. Mazkur pilot uskuna Finlyandiyaning METSO kompaniyasi uskunalari asosida loyihalashtirilgani va tashkil etilayotgani aytib o‘tildi.
Mintec laboratoriyasining geomaterial tadqiqotlari, izotop geoximiya, mineralogiya va geometallurgiya tadqiqotlari, laboratoriya sinovlarini o‘tkazish, METSO kompaniyasi bilan hamkorlikda ruda va texnogen chiqindidan minerallar ajratishni simulyasiya qilish, o‘rganish, sinovlar o‘tkazish imkonini beruvchi maxsus pilot uskunalar qurish xizmatlari taklif etildi.
Ma’lumot uchun, GTK — Yevropa Ittifoqi, OECD, UNESCO va boshqa xalqaro ilmiy tashkilotlarning faol hamkori bo‘lib, EuroGeoSurveys va EGDI tarmoqlarining yetakchi a’zosi sifatida geologik tadqiqotlar, mineral resurslar va barqaror konchilik sohalarida keng tajribaga ega.
_1762143743.jpg)
_1762143775.jpg)
_1762143774.jpg)