ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK: 2025-yil natijalari va 2026-2030- yil rejalari

 TMK: 2025-yil natijalari va 2026-2030- yil rejalari 10.01.2026
TMK: 2025-yil natijalari va 2026-2030- yil rejalari

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) uchun 2025-yil jadal o‘sish va sanoat transformatsiyasi yili bo‘ldi. Qisqa fursatda kombinat kon–metall–bozor tamoyiliga asoslangan to‘liq integratsiyalashgan modelni shakllantirdi.

 

Kritik minerallar bo‘yicha strategik loyihalar faol bosqichga chiqdi, ilk bor 99,9% soflikdagi reniy metalli eksporti yo‘lga qo‘yildi. Xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi oshdi.

 

2025-yilda 15 dan ortiq mamlakatning 40 dan ziyod yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. ESG va barqaror sanoat tamoyillari ishlab chiqarishga izchil joriy etildi.

 

TMK kelgusi yillarda ham global masshtabda sanoat koʻlamini keskin kengaytirishni maqsad qilgan. Volfram zahiralari bo‘yicha O‘zbekistonning jahondagi ulushi hozirgi 2%dan 5,1%ga, qazib olish hajmi esa 0,05%dan 14,8%ga yetkaziladi. Grafit loyihasi toʻliq ishga tushib, yiliga 140 ming tonna yuqori sifatli grafit konsentrati ishlab chiqariladi.

 

TMK tarkibida tashkil etilgan TMK Chemicals MChJda sulfat kislota ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mahsulot qiymatini 2026-yilda $7,5 mln, 2028-yildan $30 mln+ darajaga olib chiqadi. TMK Smart Powder loyihasida esa kukun metallurgiyasi asosida yuqori aniqlikdagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan boʻlib, mahsulot qiymati 2028-yildan $11 mln.gacha oshiriladi.

 

TMK shakllantirayotgan “Texnologik metallar” innovatsion ekotizimi — "Kelajak metallari texnoparki", R&D Park, Texnologik metallar oliy maktabi, investitsiya bloki va klaster tizimini birlashtiradi. Natijada 2028-yilga qadar 50 ta yangi texnologik kompaniya tashkil etilishi, 2030-yilga borib yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar eksporti $1 mlrd ga yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

TMK 2025 yildagi mustahkam poydevor asosida 2026–2030 yillarda O‘zbekistonni global kritik minerallar ta’minot zanjirida mustahkam o‘ringa olib chiqishni maqsad qilgan.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar