ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Buyuk Britaniya bilan hamkorlikning yangi bosqichida

 TMK Buyuk Britaniya bilan hamkorlikning yangi bosqichida 10.12.2025
TMK Buyuk Britaniya bilan hamkorlikning yangi bosqichida

 

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va innovatsion hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart boshchiligidagi delegatsiyaning TMK bilan bugungi uchrashuvi ham mana shu jarayonning muhim bir qismi bo‘ldi. 


 

Uchrashuvda TMK hamda Buyuk Britaniya hamkorlikda kritik minerallar sohasida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan muhim tashabbuslar muhokama qilindi. 


 

Xususan, kelgusi yilda Buyuk Britaniyada xalqaro moliya institutlari, sanoat kompaniyalari va davlat idoralari ishtirokida O‘zbekistonning kritik minerallariga bag‘ishlangan yirik Roadshow tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


 

Buyuk Britaniya elchisi TMKga: 


 

“UK Critical Minerals Association”ga a’zo bo‘lish; 

 O‘zbekistonning EITI (Extractive Industries Transparency Initiative) tashabbusiga qo‘shilishi;

G7 davlatlarining Connex tashabbusi — xalqaro standartlarga asoslangan muzokara platformasiga a’zo bo‘lish bo‘yicha o'z takliflarini bildirdi. Bu a’zoliklar O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini oshirishga xizmat qiladi.


 

Shuningdek, uchrashuvda ta'lim sohasidagi samarali tashabbuslar diqqat markazida bo‘ldi:


 

Chevening dasturi orqali magistratura bosqichini birgalikda moliyalashtirish, soha bo‘yicha iqtidorli yoshlarni Buyuk Britaniyada ta’lim olishi;

Tan olingan Nobel mukofoti sovrindorlari bilan yosh tadqiqotchilar uchun davra suhbatlari tashkil etish maqsadida ularni O‘zbekistonga taklif qilish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
 

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar