ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoning 1-o‘rindagi universiteti bilan hamkorlik boshladi

 TMK gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoning 1-o‘rindagi universiteti bilan hamkorlik boshladi 23.10.2025
TMK gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoning 1-o‘rindagi universiteti bilan hamkorlik boshladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kelajakka qaratilgan “ta’lim, ilm-fan va sanoat” zanjirini yaratish, dunyoning eng nufuzli 50 universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusi bugun yangi bosqichga ko‘tarildi.

 

Bryussel shahrida TMK vakillari dunyoning gidrometallurgiya bo‘yicha yetakchi ilmiy markazi Katholieke Universiteit Leuven (KU Leuven) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

TMK va KU Leuven o‘rtasida barqaror metallurgiya, kritik minerallar gidrometallurgiyasi texnologiyalarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi muhokama qilindi.

 

TMK va KU Leuven bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yiladigan sanoat doktoranturasi (Industrial PhD) dasturi orqali esa o‘zbekistonlik tadqiqotchilar KU Leuven va Solvomet laboratoriyalarida ilmiy amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Tashrif davomida TMK vakillari  KU Leuven huzuridagi yashil gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turuvchi ilmiy markaz sifatida tan olingan Solvomet Group laboratoriyalari va ilmiy infratuzilmasi bilan tanishdi.

 

Bu yerda kritik metallarni ajratish bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or jarayonlar amaliy sinovdan o‘tkaziladi va yashil texnologiyalar yaratiladi.

 

Bugungi kunda Solvomet Group Rio Tinto, Aurubis, Shell, Toyota kabi global sanoat gigantlari hamda Yevropa Komissiyasi, EIT RawMaterials, ERMA kabi tashkilotlar bilan bevosita ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Solvomet Group rahbari Professor Koen Binnemansning gidrometallurgiya bo’yicha nashr etilgan maqolalari dunyoda eng ko’p indeksatsiyalangan.

 

Shuningdek, uchrashuvda SIM² KU Leuven direktori Professor Peter Tom Jones bu hamkorlik Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi barqaror resurs hamkorligi modelini yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.  

 

Solvomet Group rahbari va gidrometallurgiya texnologiyalari bo‘yicha jahon tan olgan ekspert Professor Koen Binnemans esa Solvomet Groupning ilmiy salohiyatini O‘zbekistonda gidrometallurgiya sohasidagi innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishga tayyorligini bildirdi.

 

Ma’lumot uchun, 1425-yilda asos solingan KU Leuven bugungi kunda dunyonng top 50 universitetlar ro‘yxatida 27-o‘rinda turadi. Aynan gidrometallurgiya yo‘nalishida esa  1-o‘rinni egallaydi. Butun dunyo bo‘ylab 700 dan ortiq sanoat va akademik hamkor bilan faol ilmiy aloqalarga ega.

TMK va Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik yangi bosqichda
jarayon
31.10.2025
TMK va Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik yangi bosqichda
“Cove Capital” delegatsiyasi TMK’da: xalqaro texnologik hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv
Cove Capital
31.10.2025
“Cove Capital” delegatsiyasi TMK’da: xalqaro texnologik hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv
Geologiya jarayonlari TMKda raqamli ekotizim formatida
jarayon
31.10.2025
Geologiya jarayonlari TMKda raqamli ekotizim formatida

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar