Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Yaponiya bilan molibden bo'yicha xalqaro hamkorlikni boshlaydi

 TMK Yaponiya bilan molibden bo'yicha xalqaro hamkorlikni boshlaydi 23.09.2025
TMK Yaponiya bilan molibden bo'yicha xalqaro hamkorlikni boshlaydi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bosh ofisida Yaponiyaning nufuzli savdo-investitsiya kompaniyasi “Mitsui & Co.” vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda tomonlar o‘zaro taqdimotlar o'tkazib, faoliyat yo‘nalishlari va yirik loyihalari bilan tanishtirdilar. Istiqbolli hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar natijasida TMK hamda “Mitsui & Co.” birgalikda molibden mahsulotlarini yapon va Yevropa bozorlariga yetkazib berish hamda tolling xizmatlarini yo’lga qo’yish bo’yicha dastlabgi kelishuvga erishildi.

 

Ma’lumot uchun, 1947-yilda tashkil etilgan "Mitsui & Co." Yaponiyaning eng yirik sanoat va moliyaviy guruhlaridan biri bo'lib, dunyo bo‘ylab - Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, MDH, Osiyo, Afrika, Okeaniya va Yaqin Sharqda faoliyat yuritadi.

 

Bu hamkorlik xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlarni milliy sanoatimizga olib kirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan birga, O‘zbekistonning global kritik minerallar bozorida ishonchli hamkor sifatidagi o'rnini yanada mustahkamlaydi.

TMK Transkaspiy yölagi orqali eksport imkoniyatlarini kengaytirişni ilgari surdi
uchrashuv
05.11.2026
TMK Transkaspiy yölagi orqali eksport imkoniyatlarini kengaytirişni ilgari surdi
⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
uchrashuv
04.11.2026
⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring