ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK yangi global hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda

 TMK yangi global hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda 09.10.2025
TMK yangi global hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda

Chexiyada o‘tkazilayotgan MSV 2025 xalqaro sanoat yarmarkasining ikkinchi kunida ham TMK jamoasi faol ishtirok etib, yangi global hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

 

Muhim muzokaralardan biri Slovakiyaning "Faren Technology" kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya vakillari TMKning volfram karbidi mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi va biz tijorat takliflarini almashish hamda keyingi bosqichda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdik.

 

Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan “Business Day of Central Asia” forumida TMK Boshqaruv raisi maslahatchisi Haqqi Boz so‘zga chiqib, TMKning faoliyati va loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdi. Bu chiqish forum ishtirokchilari tomonidan qizg'in qabul qilindi.

 

Bundan tashqari, ikkinchi kunning o‘zida 30 dan ortiq xalqaro kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdik. Ular orasida Jeol GmbH (Germaniya), Nippon Electric Glass Co., Ltd (Yaponiya), Bruderer AG (Shveysariya), TRUMPF Praha (Chexiya), Rösler Oberflächentechnik GmbH (Germaniya), Misumi-Europe (Germaniya) kabi global sanoat yetakchilari mavjud.

 

Shuningdek, Chexiya Sanoat va savdo vazirligi Tashqi iqtisodiy siyosat departamenti direktori Martin Pospishil ham stendimizga tashrif buyurib, TMK faoliyatiga va mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirdi. O‘zbekistonning sanoat salohiyatini e’tirof etdi.

 

Ko‘rgazma davom etmoqda, jarayonlarni biz bilan kuzatib boring.

 

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar