ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va KIGAM: hamkorlik yo'nalishlari kengaymoqda

 TMK va KIGAM: hamkorlik yo'nalishlari kengaymoqda 29.05.2025
TMK va KIGAM: hamkorlik yo'nalishlari kengaymoqda

 

TMK hamda Koreya Geologiya va Mineral Resurslar Instituti (KIGAM) vakillari o‘rtasida onlayn muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekistonning Koreyadagi diplomatik vakolatxonasi, Geologiya fanlari universiteti hamda Mineral resurslar instituti vakillari ishtirok etdi.

 

🎯 Muloqotda asosiy e’tibor O‘zbekistondagi istiqbolli hududlarda kritik minerallar bo‘yicha geologik tadqiqotlar o'tkazish va TMK bilan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

 

KIGAM tomonidan bildirilgan ustuvor yo‘nalishlar: 
🔘O'zbekistonning pegmatit rudalar bo'yicha istiqbolli maydonlari;
🔘 noyob yer karbonatlari va alkalin magmali istiqbolli maydonlarda geologik o'rganishlar olib borish.

 

TMK mazkur maydonlarda olib borilayotgan faoliyat doirasida KIGAM bilan texnik va tashkiliy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdi.

 

Xususan, pegmatit rudalarini chuqur o‘rganish va qayta ishlash, kul-shlak chiqindilari bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

 

KIGAM singari dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'tkazilayotgan bu kabi hamkorlik uchrashuvlari orqali TMK  global ilmiy-tadqiqot tarmog‘idagi o'z o‘rnini faol mustahkamlamoqda.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar