ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston AQShning birinchi raqamli universiteti bilan hamkorlikka start berdi!

 O‘zbekiston AQShning birinchi raqamli universiteti bilan hamkorlikka start berdi! 27.09.2025
O‘zbekiston AQShning birinchi raqamli universiteti bilan hamkorlikka start berdi!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kelajakka qaratilgan “ta’lim, ilm-fan va sanoat” zanjirini yaratish, dunyoning eng nufuzli 50 universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusi bugun yangi bosqichga ko‘tarildi.


Bu jarayonning yorqin namunasi sifatida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi dunyoning ilmiy-intellektual markazi sifatida tan olingan, so‘nggi o‘n yilliklarda global reytinglarda birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Massachusetts Institute of Technology (MIT)ga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida TMK delegatsiyasi UBS universiteti bilan hamkorlikda MIT vitse-prezidenti, dunyo tan olgan olim – Professor Dimitris Bertsimas bilan uchrashdi.

 

 Natijada TMK va MIT o‘rtasida zamonaviy texnologiyalarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

Shartnomaga ko‘ra, ilk bosqichda TMKning 100 nafar muhandis xodimi MITning ilg‘or ta’lim platformasida o‘qitiladi.


Bu tashabbus – oddiy ta’lim loyihasi emas, balki:
O‘zbekiston muhandislarini eng yangi texnologiyalar va global innovatsion tajribalar bilan tanishtiradi;
Amerika ta’lim tizimining ilg‘or standartlarini milliy kadrlar tayyorlash jarayoniga olib kiradi;
Sanoatimizni ertangi kun talablariga mos ravishda xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlaydi.


TMKning ushbu hamkorligi – O‘zbekistonda ta’lim va sanoat integratsiyasining yangi davrini boshlab berdi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar