ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston Yevropa muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi!

 O‘zbekiston Yevropa muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi! 30.07.2025
O‘zbekiston Yevropa muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi!

Dunyo kritik minerallar bo‘yicha yangi davrga kirib keldi, shubhasiz, O‘zbekiston ham bu jarayonlar markazida bo‘lishga intilmoqda.

 

O‘tgan yili Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston muhim xomashyo sohasida tarixiy qadam tashlab, shu yo‘nalishda o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi. Bugun esa TMK Yevropa muhim xomashyo alyansiga rasman qo‘shildi! Bu bilan O‘zbekistonning global kritik minerallar bozoridagi o'rni yana bir pog‘onaga ko‘tarildi.

 

Yevropa muhim xomashyo alyansi (ERMA) Yevropa sanoatining resurs siyosatini belgilovchi eng muhim platformalardan biri. U Yevropa sanoati uchun litiy, volfram, molibden va nodir yer elementlarini xavfsiz va barqaror manbalardan yetkazib berishni ta'minlaydi. Mazkur alyans Yevropaning yashil texnologiyalar va kelajak energetikasiga o‘tish jarayonida hal qiluvchi kuchga ega.

 

"Biz ERMA maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida TMK bilan birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutmoqdamiz", deydi ERMA direktori Massimo Gasparon.

 

Ushbu a'zolik TMKni kritik minerallar bozorida butunlay yangi darajaga olib chiqishi kutilmoqda. Xususan, Yevropa grantlari va investitsiyalari orqali bu yo'nalishdagi loyihalar uchun moliyaviy mexanizmlar kengayadi. Yevropaning ilg‘or markazlari bilan qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi va innovatsiyalar tatbiq etiladi. TMK mahsulotlari xalqaro bozorga yanada yuqori sifat ko‘rsatkichlari bilan chiqadi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, bu a'zolik O'zbekistonni resurs yetkazib beruvchidan innovatsion hamkorga aylantiradi!

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar