ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

PDAC-2026 doirasida “Uzbekistan Day”: O‘zbekistonning Mine-Metal-Market modeli xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi

 PDAC-2026 doirasida “Uzbekistan Day”: O‘zbekistonning Mine-Metal-Market modeli xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi 02.03.2026
PDAC-2026 doirasida “Uzbekistan Day”: O‘zbekistonning Mine-Metal-Market modeli xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi

Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazilayotgan dunyoning eng nufuzli tog‘-kon va geologiya platformalaridan biri — PDAC-2026 doirasida tashkil etilgan “Uzbekistan Day” tadbirida O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati xalqaro auditoriyaga namoyish etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshchiligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda mamlakatimizning geologik imkoniyatlari, investitsion salohiyati hamda Mine–Metal–Market to‘liq qiymat zanjiriga asoslangan sanoat modeli global hamjamiyat vakillariga taqdim etildi.

 

Tadbirda O‘zbekistonning AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan, mamlakatning kritik minerallar salohiyatini namoyish etuvchi ilk va yagona sanoat operatori — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati rahbariyati, maslahatchilari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

 

“Uzbekistan Day” global tog‘-kon va metallurgiya sanoati vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadbirda 200ga yaqin kompaniya va institut vakillari, jumladan, Alpha Bronze, xalqaro muhandislik giganti AtkinsRéalis, AGT Systems NA, aerogeofizik xizmatlar bo‘yicha yetakchi Xcalibur, Speyside, Global Mining Capital Corp, Freedom Capital Markets kabi yirik kompaniyalar rahbariyati, AQSh Geologiya xizmati (USGS) hamda Yevropa Komissiyasining kritik xomashyo siyosati yo‘nalishi bo‘yicha vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi konlarni o‘zlashtirish, nodir va texnologik metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha istiqbolli loyihalar, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi.

 

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan Kanada kompaniyasi OMAD International Inc. bilan investitsiyalarni jalb etish va sanoat hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

 

Bundan tashqari, Erdenes IT LLC kompaniyasi bilan texnoparklarni tashkil etish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish hamda tog‘-kon, geologiya va xalqaro marketing yo‘nalishlarida hamkorlikni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi tuzildi.

 

Mazkur kelishuvlar O‘zbekistonning geologik salohiyatini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, global bozorda raqobatbardosh sanoat mahsulotlariga aylantirishga qaratilgan Mine–Metal–Market modelini xalqaro miqyosda ilgari surish hamda mamlakatni kritik minerallar global qiymat zanjirining muhim bo‘g‘iniga aylantirish yo‘lidagi izchil strategik yondashuvni aks ettiradi.

TMK Koreya bilan ilg‘or kukun metallurgiya va magnit materiallar sohasida hamkorlik boshladi
Memorandum
02.03.2026
TMK Koreya bilan ilg‘or kukun metallurgiya va magnit materiallar sohasida hamkorlik boshladi
TMK Koreyaning yetakchi instituti KAIST bilan xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda
jarayon
26.02.2026
TMK Koreyaning yetakchi instituti KAIST bilan xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda
Uzbekistan Day: О‘zbekistonning "Mine-Metal-Market" modeli xalqaro maydonda!
PDAC 2026
27.02.2026
Uzbekistan Day: О‘zbekistonning "Mine-Metal-Market" modeli xalqaro maydonda!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar