ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

 Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi 20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi



O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) va Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) o‘rtasida kritik minerallarni samarali qazib olish, yuqori texnologik qayta ishlash hamda barqaror ta’minot zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi ko‘p tomonlama taraqqiyot banki hisoblanadi. Bank investitsiya portfelida umumiy qiymati 19,6 milliard AQSH dollarini tashkil etuvchi 326 ta loyiha mavjud. U o‘z faoliyatida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda ESG tamoyillariga amal qilib kelmoqda.

TMK va YOTB o'rtasida imzolangan memorandum ilm-fanga asoslangan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va yuqori eksport salohiyatiga ega yangi materiallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekistonning strategik xomashyo mahsulotlari bo‘yicha global ta’minot zanjirlaridagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.

"Kritik minerallar sektorini rivojlantirish O‘zbekiston va butun mintaqa uchun strategik ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bank tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash TMKga nafaqat xomashyo qazib olish, balki mamlakatning global bozorlardagi mavqeini mustahkamlaydigan yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish imkonini beradi deb ishonamiz." deydi YOTB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Skatin.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Niderlandiya kritik xomashyo sanoati vakillari TMKda
TMK
15.06.2026
Niderlandiya kritik xomashyo sanoati vakillari TMKda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar