Bugun kritik minerallar global iqtisodiyot, zamonaviy texnologiyalar va sanoat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda xalqaro muloqot va hamkorlik maydonlariga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortmoqda.
Mana shunday nufuzli maydonlardan biri 2025-yilda Saudiya Arabistonida ilk bor muvaffaqiyatli tashkil etilgan Geomin xalqaro konferensiyasi bo'lib, 2026-yilda konferensiyaga O'zbekiston mezbonlik qiladi.
14–16-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City majmuasida bo‘lib o‘tadigan GEOMIN 2026 mamlakatimizning global kritik minerallar qiymat zanjiridagi o‘rni va xalqaro nufuzi tobora mustahkamlanib borayotganining muhim e'tirofidir.
Konferensiya "Sun'iy intellekt va raqamli transformatsiya orqali mineral qidiruvni yangi bosqichga olib chiqish" shiori ostida geologiya, geofizika, tog‘-kon sanoati va kritik minerallar sohasidagi imkoniyatlarni muhokama qilishga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) ushbu konferensiyaning asosiy ishtirokchilaridan biri sifatida:
-geologik qidiruvdan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan integratsiyalashgan qiymat zanjiri;
-sun'iy intellekt asosidagi geologik yechimlar;
-istiqbolli investitsiya loyihalari;
-xalqaro hamkorlik tashabbuslarini namoyish etadi.
Sizni GEOMIN 2026 doirasida #20-sonli TMK stendida kutamiz!
TMK bilan kritik minerallar sanoatining yangi imkoniyatlarini kashf eting.