Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Global sanoat yetakchilari O‘zbekistonning yashil sanoat transformatsiyasiga qo‘shildi

 Global sanoat yetakchilari O‘zbekistonning yashil sanoat transformatsiyasiga qo‘shildi 07.08.2026
Global sanoat yetakchilari O‘zbekistonning yashil sanoat transformatsiyasiga qo‘shildi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) sanoat va ilg‘or texnologiyalar sohasida global darajadagi yetakchi kompaniyalar CCECC hamda Hygreen Energy bilan 3 tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi. 

Hamkorlik doirasida O‘zbekistonda yashil vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy sanoat obyektlarini barpo etish hamda loyihalash, uskunalar bilan ta'minlash, qurish va moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan EPC+F modeli asosida yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
 

CCECC eng yirik muhandislik va EPC kompaniyalaridan biri bo‘lib, kompaniya Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq, Yevropa va Lotin Amerikasining o‘nlab mamlakatlarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

Hygreen Energy hozirgi kunda yashil vodorod texnologiyalari bo‘yicha tez sur'atlarda rivojlanayotgan yetakchi kompaniyalaridan biri. U zamonaviy elektrolizerlar ishlab chiqarish, vodorod tizimlari va sanoat miqyosidagi loyiha yechimlari bo‘yicha global tajribaga ega bo‘lib, mahsulotlari Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Amerika bozorlarida qo‘llanilmoqda.


TMK bilan hamkorlik doirasida:
➡️ Nurobod va Ohangaronda zamonaviy elektrolizer majmualarini barpo etish istiqbollari ko‘rib chiqiladi;
➡️ EPC+F modeli asosida xalqaro moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyatlari ishlab chiqiladi;
➡️ Muhandislik, loyiha boshqaruvi va ilg‘or vodorod texnologiyalarini O‘zbekistonga transfer qilish bo‘yicha hamkorlik rivojlantiriladi;
➡️ Kritik minerallarni chuqur qayta ishlash va past uglerodli metallurgiyani rivojlantirishga xizmat qiladigan innovatsion sanoat yechimlari joriy etiladi.

Mazkur memorandum O‘zbekistonni kritik minerallarni chuqur qayta ishlash va yashil sanoat texnologiyalari bo‘yicha mintaqadagi yetakchi markazlardan biriga aylantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo'ldi.

⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
uchrashuv
04.11.2026
⚡️TMK va Fransiya: kritik minerallar loyihalarini xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring