ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Mining Uzbekistan & Central Asia 2025: TMK kelajakning eng yirik sanoat loyihalarini taqdim etadi

 Mining Uzbekistan & Central Asia 2025: TMK kelajakning eng yirik sanoat loyihalarini taqdim etadi 29.11.2025
Mining Uzbekistan & Central Asia 2025: TMK kelajakning eng yirik sanoat loyihalarini taqdim etadi

3-4 dekabr kunlari Toshkentda “O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tog‘-kon sanoati” IV xalqaro kongressi hamda ko‘rgazmasi 200 dan ortiq global sanoat yetakchilari, 50+ yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlari, xalqaro kompaniyalar, hukumat vakillari va investorlarni birlashtiradi.

 

O‘zbekiston bugun kritik xomashyo bo'yicha barqaror, ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Ushbu milliy strategiyaning markazida esa O'zbekiston texnologik metallar kombinati turibdi.

 

TMK butun qiymat zanjiri — upstream → midstream → downstream —  bo‘yicha to‘liq modelni taklif etadi. TMK tomonidan rivojlantirilayotgan sanoat xabi va Kelajak metallari texnoparklari esa xalqaro kompaniyalar uchun jozibali investitsiya maydoniga aylanmoqda.

 

Kongress doirasidagi asosiy sessiya Markaziy Osiyoda kritik minerallar ta’minotida yangi liderlik modeliga bag'ishlanib, unda TMKning mavjud va istiqbolli kon loyihalari bo‘yicha keng qamrovli taqdimotlar o'tkaziladi.

 

Shuningdek, ko'rgazma doirasida TMK stendida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar bilan tanishish, B2B uchrashuvlar, muzokalar o'tkazish imkoniga ega bo'lasiz.

 

O'zbekistonning eng istiqbolli kon loyihalarida TMK bilan birga bo'ling!

 

Hilton mehmonxonasi | Stend №15

Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
Memorandum
20.06.2026
Yevroosiyo taraqqiyot banki va TMK: kritik minerallar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TIIF 2026
19.06.2026
TIIF 2026: TMK uchun muhim natijalar
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi
Memorandum
18.06.2026
TMK va Société Générale o‘rtasida 50 mln yevro miqdoridagi strategik shartnoma imzolandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar