Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Milliy sanoat zanjiri: TMK eng faol muzokara maydonlaridan biriga aylandi

 Milliy sanoat zanjiri: TMK eng faol muzokara maydonlaridan biriga aylandi 15.05.2026
Milliy sanoat zanjiri: TMK eng faol muzokara maydonlaridan biriga aylandi

 


 

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida oʻtkazilayotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ikkinchi kuni ham O‘zbekiston texnologik metallar kombinati uchun muhim natijalar va yangi sanoat hamkorliklariga boy tarzda yakunlandi.


 

TMK stendi sanoat korxonalari, investorlar hamda biznes vakillarining e’tibor markazida boʻlib, kombinat tomonidan namoyish etilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar, zamonaviy texnologik yechimlar hamda “Kon–Metall–Bozor” tamoyiliga asoslangan integratsiyalashgan sanoat modeli ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.


 

Ko‘rgazma doirasida qator muzokaralar o‘tkazilib, sanoat kooperatsiyasi va tovar-xomashyo yo‘nalishlarida yangi hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Xususan, “EVRO PROM LIDER”, “Geksakon TC”, “Red Persimmon” MChJ, “TURON ABRASIVE”, “XCMG”, “Andijon mexanika zavodi” hamda boshqa bir qator sanoat korxonalari bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalar imzolandi.


 

Ushbu hamkorliklar mamlakatimizda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, ishlab chiqarish zanjirlarini mustahkamlash hamda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda xizmat qiladi.


 

“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi. Sizni yangi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbolli loyihalar bilan TMK stendida kutib qolamiz.

TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Uchrashuv
19.09.2026
TMK va AECOM PGI/TCTR dasturi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
ILiA 2026
17.09.2026
ILiA 2026: TMK global litiy sanoati bilan strategik muloqotni kengaytirdi
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich
Road Show
17.09.2026
TMK Road Show Berlinda: O‘zbekiston–Germaniya sanoat hamkorligida yangi bosqich

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring