ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston ilm-fani xalqaro maydonda!

 O‘zbekiston ilm-fani xalqaro maydonda! 02.10.2025
O‘zbekiston ilm-fani xalqaro maydonda!

AQShning Ogayo shtatida o‘tkazilgan “Materialshunoslik va muhandislik texnologiyalari – 2025” (MS&T25) anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan muhim ilmiy natijalar taqdim etildi.

 

TMK Boshqaruv raisi Farhod Abdullayev, UBS kuzatuv kengashi raisi, professor Elyorjon Jumayev hamda TMK Boshqaruv raisining innovatsiya va texnologik rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov muallifligida yangi turdagi kashfiyot ya’ni yuqori mexanik va kimyoviy xususiyatga ega super qotishma bo’yicha tayyorlangan ilmiy ma’ruza xalqaro hamjamiyat e’tirofi bilan taqdim qilindi.

 

Mazkur kashfiyot, yuqori entropiyali va yangi turdagi super qotishmalar tarkibiga mis, marganets va vanadiy kabi qo‘shimchalarning ta’siri chuqur o‘rganilgan bo'lib, natijada:

Qotishmaning ichki tuzilishi o‘zgarib, dendritik shakllanish va bo‘shliqlar muvozanati optimallashtiriladi;

Bu jarayon materialning mustahkamligi va plastikligini uyg‘unlashtiradi;

Temirsiz tarkib esa qotishmani yengil va iqtisodiy samarali qiladi.

 

Bu esa kelajakda kamroq vaznga ega, lekin yanada ishonchli muhandislik yechimlarini yaratishga yo‘l ochadi.

 

Ushbu ilmiy natijalar "ta’lim, ilm-fan va sanoat" zanjirini shakllantirayotgan O‘zbekistonning ilm-fan va innovatsiyalarni yaratadigan davlat sifatida ham dunyo maydoniga chiqayotganini ko'rsatadi.

 

*Ushbu kashfiyot muallif tomonidan patentlangan

TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda
Tungsten
31.01.2026
TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda
TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda
Tungsten
31.01.2026
TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda
TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda
Tungsten
31.01.2026
TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar