Yangi O‘zbekistonda kritik xomashyo yo‘nalishida namunani tahlil qilishdan boshlab texnologiyani sanoatga joriy etishgacha bo‘lgan to‘liq zanjirni birlashtirgan Markaziy Osiyodagi yagona CRM R&D Park faoliyat yuritmoqda.
Dunyoda bunday kompetensiyalar ko‘pincha turli markazlar va infratuzilmalarga taqsimlangan. Yangi O‘zbekiston esa ularni yagona texnologik zanjirga birlashtirish modelini shakllantirmoqda:
rudadan metallgacha, metalldan ilg‘or materialgacha, ilmiy g‘oyadan bozor mahsulotigacha.
R&D Parkda:
nano-analitik tahlil;
texnologiya ishlab chiqish;
pilot sinovlar;
yuqori soflikdagi materiallar olish;
additiv texnologiyalar;
tijoratlashtirish
va sanoat miqyosida joriy etish jarayonlari o‘zaro bog‘langan.
Parkning bugungi salohiyati:
▪️ 22 000 m² ilmiy va texnologik infratuzilma
▪️ 260 dan ortiq mutaxassis
▪️ 40 dan ortiq element bo‘yicha tahlil imkoniyati
▪️ yiliga 300 mingtagacha namuna tekshirish quvvati
▪️ 99,999% gacha soflikdagi materiallar olishga yo‘naltirilgan texnologiyalar
Markaziy nano-analitik laboratoriya SGS boshqaruv modeli va ISO/IEC 17025 talablari asosida tashkil etilgan.
R&D Parkning 7 komponentli modeli esa ilmiy ishlanmani laboratoriya bosqichida qoldirmaydi. Loyihalar TRL-1 dan sanoatda joriy etishgacha olib boriladi: bozor tahlili, texnologiya va injiniring, prototiplash, uskunalarni tanlash, pilot sinov, investorlarni jalb qilish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jarayonlari bir zanjirda ishlaydi.
Shu bilan birga, parkda sferik metall kukunlari va metall 3D-bosma texnologiyalari rivojlantirilmoqda.
Bu yondashuvning asosiy farqi shundaki, tahlil, pilot sinov, yuqori soflikdagi materiallar, additiv ishlab chiqarish va tijoratlashtirish alohida yo‘nalishlar emas — yagona sanoat R&D tizimining bosqichlari sifatida ishlaydi.
TMK uchun bu faqat ilmiy infratuzilma emas. Bu — Yangi O‘zbekistonning kritik minerallarni xomashyo sifatida eksport qilishdan yuqori qo‘shilgan qiymatli texnologik mahsulotlar yaratishga o‘tishiga xizmat qiladigan yangi sanoat modeli.